Noruda materiallarni qazib olish boʻyicha moratoriy tatbiq etilgan hududlarning chegaralari belgilandi
“Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi.
Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo oʻzanlari, ularning sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
Tegishli tashkilot va hokimliklar:
daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo oʻzanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari toʻxtatilishini qatʼiy nazoratga oladi;
daryo oʻzani, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olishning oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytiriladi hamda joriy qilingan moratoriyni buzishga oid huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishini taʼminlaydi.
Daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shagʻal qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar togʻ va togʻoldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish choralari koʻriladi.
Koʻchirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi “E-auksion” orqali rasmiylashtirib beriladi.
Maʼlumot uchun: Prezident Farmoniga muvofiq, yuqoridagi daryolar oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring