Normat Tursunov Navoiyning yoshi bir asrdan ulugʻ momolari duosini oldi
Qutlugʻ sanalar arafasida keksa avlod vakillari, mehr va eʼtiborga muhtoj kishilar holidan xabar olish, ularning koʻngillariga quvonch ulashish xalqimizga xos azaliy qadriyatlarimizdan sanaladi.
Joriy yilning 8-mart kuni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan hududda istiqomat qilayotgan yoshi bir asrdan oshgan onaxonlar xonadonlarida boʻlib, ularni bayram bilan qutlagani tashrif buyurdi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab Karmana tumanidagi «Alisher Navoiy» mahallasida istiqomat qiluvchi yil boshida 100 yoshni toʻldirgan kirgan Siddiqa aya Zikriyayeva xonadonidan boshladi. Viloyat rahbarining kutilmagan tashrifidan boshi osmonga yetgan nuroniy onaxon xabar olib kelganlarni quvonch bilan duo qilib, oʻz minnatdorchilik bildirdi. Shunday farovon Vatanda umrguzaronlik qilayotgani, oʻzi kabi keksalarga toʻkis va baxtiyor hayot kechirishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bergan yurt rahbariga tushukkurlarini yoʻlladi.
Keyingi manzil tumandagi «Dehqon» mahallasida yashovchi 102 yoshni qarshilagan Muyassar buvi Hoshimova xonadoniga boʻldi. Viloyat rahbari onaxon bilan samimiy soʻrashib, bayram munosabati bilan qutladi.
— Meni soʻrab kelganingiz uchun rahmat, — deya duo qildi Muyassar buvi. — Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin. Qarang, qanday goʻzal zamonlarda yashayapmiz, Oʻzbekistonimiz tobora chiroy ochyapti, xalqimiz qadr topyapti, yoshlarimiz dunyoning turli davlatlarida bilim olyapti, olam bizni taniyapti. Oʻz mehnati bilan baraka, hurmat va eʼzoz topish mumkin boʻlgan davrlarga bosh boʻlayotgan, yurtimizni tinch saqlab, xalqimizni boy qilayotgan Prezidentimiz hamisha sogʻ-omon boʻlsin!
Oʻzining kulib aytishiga koʻra, «nevara-chevaralarining sonini eslasa, ismini esdan chiqarib qoʻyadigan» Navbahor tumanidagi «Sarbozor» mahallasida yashovchi Mayram aya Qurbonova xonadonida esa bugun haqiqiy qoʻshaloq bayram boʻldi. Aynan bugun onaxon oʻzining 107 yoshini kutib oldi, uni qutlash uchun esa, uyiga viloyat hokimi kirib keldi.
Oʻziga atalgan bahor gullari va sovgʻalarni qabul qilib olarkan, tinch va musaffo osmon ostida qarshi olinayotgan bahor bayramlari bilan barchani tabrikladi. Samimiy suhbatdan behad xursand boʻlgan Mayram buvi ham soʻzi yakunida xalqimizning yanayam farovon turmush kechirishi, Oʻzbekiston dunyoning eng old davlatlaridan boʻlishi yoʻlida xizmat qilayotgan asl farzandlar – yurt rahbariyatining boshi doim omon boʻlishini soʻrab, quvonch yoshlari bilan duo qildi.
Yoshi ulugʻ, moʻtabar onaxonlarga ehtirom koʻrsatish, nafosat va goʻzallik malikalarini eʼzozlash va ardoqlash tuygʻularini oʻzida mujassam etgan bu kabi tadbirlar butun viloyat boʻylab davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring