Noqulay ob-havo sharoiti Namangan aeroporti faoliyatini vaqtincha chekladi

13:09 28 Dekabr 2022 Jamiyat
380 0

Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli koʻrinishning yomonlashishi (100 m) samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishni vaqtincha cheklab qoʻydi.

Xususan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY074/073 (Buxoro — Namangan — Buxoro) reysi bekor qilindi. HY9826/9823 (Sochi — Namangan — Krasnoyarsk) va HY9824/9857 (Krasnoyarsk — Namangan — Ufa) reyslari uchish vaqti oʻzgartirildi.

“"S7” aviakompaniyasining Novosibirsk — Namangan — Novosibirsk yoʻnalishidagi SBI5567/5568 reysi ham bekor qilindi. Parvoz Toshkent xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchilardan olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?