Noqonuniy qum-shagʻal qazib olish natijasida tabiatga 35 milliard soʻmga yaqin zarar yetkazildi

13:15 23 Noyabr 2023 Jamiyat
190 0

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri oʻtkazildi. 

Toshkent shahri, Bektemir tumanidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosi hududida olib borilgan nazorat tadbiri davomida daryoning qirgʻogʻidagi muhofaza mintaqasida (damba) 1 dona ekskavator va 2 dona “CHAKMAN” rusumli yuk tashuvchi transport vositalari yordamida qum-shagʻal mahsulotlarini qazib olinib, ushbu hududda joylashgan tosh maydalash va qayta ishlash sexiga tashib olib ketilayotganligi aniqlandi.

Ekologiya vazirligi huzuridagi “Yashil loyiha” loyihalash instituti mutaxassislarini jalb qilgan holda qum-shagʻal mahsulotlari qazilgan joyda oʻlchov ishlari olib borildi. Natijada jami 57 833,53 m3 qum-shagʻal mahsuloti noqonuniy qazib olingani, bu bilan tabiatga 34 milliard 718 million 624 ming 729 soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.  

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi qonuni 18-moddasi hamda “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida»gi qonuni 18-moddasi talablari buzilgan.

Holatga huquqiy baho berish, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish va tabiatga yetkazilgan zararni undirishda maqsadida toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?