Noqonuniy oltin qaziyotgan 37 nafar shaxs qoʻlga olindi
“Kontexnazorat” tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlaridagi obyektlarda xizmat tekshiruvlari olib borildi. Bu haqida “OʻzA” axborot agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Shofirkon tumanidagi “Quljuqtov” va Konimex tumanidagi “Tovshan” togʻ massivlarida joylashgan “Oltin Kon” MCHJ tasarrufidagi hududlarda oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida begona shaxslar tomonidan noqonuniy oltin qazib olish holatlari fosh qilingan.
Mazkur holatlar yuzasidan materiallar DXXga yuborilib, tezkor choralar koʻrilgan.
Maʼlum boʻlishicha, “Quljuqtov” massivida oʻtkazilgan tadbir davomida 37 nafar shaxs noqonuniy faoliyat yuritayotgan paytda qoʻlga olingan.
Tezkor tadbir davomida, 3 ta “Ford” avtomashinasi, 8 ta perforator, 6 ta kompressor va tarkibida oltin moddasi mavjud boʻlgan 400 qopga yaqin ruda va boshqa qoʻlbola yasama asbob-uskunalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, ushbu noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring