Noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan 10 ming qutiga yaqin tamaki mahsuloti fosh etildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax, Andijon va Namangan viloyat boʻlimlari tomonidan noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan bir qator shaxslar ushlandi. Bu haqda Departamentning axborot xizmati maʼlum qilgan.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.M.ning savdo doʻkoni va avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda sotish maqsadida noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan 23 turdagi jami 5 ming 602 quti tamaki mahsuloti aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.
Shuningdek, Departamentning Asaka tuman boʻlimi, soliq inspeksiyasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan X.Sh. “Beruniy” MFY hududidagi savdo doʻkonida umumiy bahosi 37,6 million soʻm boʻlgan 20 turdagi jami 2 ming 692 quti tamaki mahsulotini sotish uchun saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, yana bir holat Kosonsoy tumanida aniqlangan. YHXB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. “Lacetti” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan jami ming quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini Namangan shahrida yashovchi Yo.K.ga yetkazib berish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Buxoroda 3,9 milliard soʻmlik elektrni kim va qanday talon-taroj qilgani maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring