Nogironlikni tavsiflashning yangi modeli
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Respublika Ijtimoiy himoya milliy agentligining Navoiy viloyati boshqarmasida “Funksionallik va nogironlik haqida zamonaviy tushuncha” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda viloyatdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash shoʻbasi mutaxassislari, psixologlari ishtirok etishdi.
Xalqaro ekspertlarning funksionallik, nogironlik va salomatlikning xalqaro tasnifi, WHODAS 2.0 yoʻriqnomasi, biopsixoijtimoiy modeli haqidagi maʼruzalari tinglandi.
Uch kunlik seminarda ishtirokchilar nazariy bilimlarini amaliy mashgʻulotlarda mustahkamlashdi. Xususan, WHODAS 2.0 yoʻriqnomasi asosida tayyorlangan soʻrovnomalarni oʻtkazish va xalqaro konvensiya asosida nogironligi boʻlgan shaxslar faoliyati baholandi. Seminar yakunida barcha ishtirokchilar nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga oʻtish konsepsiyasi va uning tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha olgan bilimlari asosida test topshirdi.
Bir soʻz bilan aytganda, ushbu model fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquq va manfaatlarini taʼminlashga yordam beradi. Aholiga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish sifatini oshiradi. Sohaga ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan yangi boshqaruv tizimini yaratib, nogironlik va salomatlik bilan bogʻliq holatlarni tavsiflash uchun yagona standart atama va asosni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring