Nogironligi bor shaxslar uchun “To‘siqsiz turizm” dasturi ishlab chiqiladi — Shavkat Mirziyoyev

15:00 26 Iyun 2023 Jamiyat
375 0

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida nogironligi bor shaxslarni qo‘llab quvvatlashga oid rejalar haqida to‘xtaldi.

“Bunda:

➖ har bir viloyatdan yiliga 1 ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlari tashkil qilinadi;

➖ kelgusi ikki yilda 200 ta madaniy meros va 100 ta konsert-tomosha ob’yektlari, aeroport, avto va temir yo‘l vokzallarida zarur infratuzilma yaratiladi.

Bu dasturni amalga oshirish uchun har yili 200 milliard so‘m ajratamiz. Umuman, turizm loyihalariga 2030 yilga qadar 2,5 milliard dollar investisiyalar yo‘naltiriladi”, – dedi nomzod.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?