Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi
Arxiv surat
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bogʻchadagi taʼlim dasturini qayta koʻrib chiqish, maktablarni inklyuziv taʼlimga moslashtirish dasturini amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.
Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Paralimpiya qoʻmitasi, tegishli sport federatsiyalari, Oʻzbekiston maxsus olimpiadasi Assotsiatsiya tarkibiga kiradi.
Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shugʻullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini oʻtkazib boradi.
Davlatimiz rahbari nogironligi borlar hayoti va erishgan yutuqlari toʻgʻrisida taʼsirchan mediakontent, filmlar tayyorlash muhimligini taʼkidladi.
Telekanallarda informatsion, ayniqsa, bolalar dasturlari efirining muayyan qismini surdotarjima, subtitr yoki “yuguruvchi satr” bilan namoyish etish zarurligi qayd etildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlar qalbida oʻziga ishonch va qatʼiyat tuygʻusini oshiradigan badiiy asarlar yaratilsa, maqsadga muvofiq boʻlishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring