Nogirondan olingan pora

18:00 13 Aprel 2019 Jamiyat
1620 0

Foto: «Xalq so‘zi»

Navoiyda tumanlararo Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi raisi nogironligi bor shaxsdan olgan porasini qaytarib berayotganda qoʻlga olindi.

Mazkur jinoyat Karmana tumanida yashovchi II guruh nogironi fuqaro G.J.ning Navoiy viloyat IIB boshligʻiga murojaati asosida fosh etildi.

Unda fuqaro kasallik oid nafaqa muddatini uzaytirish uchun xulosa olish maqsadida Navoiy tumanlararo Tibbiy mehnat ekspert komissiyasiga murojaat qilganligini, Sh. ismli komissiya raisi kasalligi toʻgʻrisidagi xulosani ikki yillik qilib tayyorlab berish evaziga 1 million 400 ming soʻm talab qilayotganligini bayon etadi.

Fuqaro G.J.ning arizasi asosida Navoiy viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi va Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi hodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilib, Navoiy tumanlararo Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi raisi Sh.S. ikkinchi guruh nogironi G. J.dan nogironlik toʻgʻrisidagi xulosani ikki yillik qilib berish evaziga joriy iyl 3 aprel kuni pora sifatida olgan 500 mingsoʻm pulni qaytarib berayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Mazkur holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер