Nodirbek va Magnus bir jamoada oʻynagan turnirda gʻolib boʻldi. Gʻolib jamoa qancha ishlab oldi
Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov va jahonning eng kuchli shaxmatchilaridan Magnus Karlsen bitta jamoada oʻynagan turnirda gʻolib chiqishdi. Ular “WR Chess” jamoasi safida dona surishdi va finalda Hindistonning “MGD1” jamoasini magʻlub etib, blis boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqishdi. Bu haqda FIDE rasmiy sayti maʼlum qilgan.
Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada dunyoning eng kuchli 40 ta jamoasi ishtirok etdi. Ushbu blis musobaqasining sovrin jamgʻarmasi 100 ming yevroni tashkil qildi.
“WR Chess” guruh bosqichida AQSHlik Hans Niyemann boshchiligidagi “GMHans.com” kabi kuchli jamoalarni magʻlub etdi. Finalda “WR Chess” “MGD1” bilan birinchi turda 3.5 ga 2.5, ikkinchi turda esa 3:3 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Umumiy hisobda esa Abdusattorov jamoasi gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Qayd etish kerakki, “WR Chess Team” tarkibida Oʻzbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov, jahonning 4 karra shaxmat toji egasi Magnus Karlsen, rossiyalik supergroysmeyster Yan Nepomnyaщiy, polshalik Yan-Kshishtof Duda, xitoylik Xou Ifan, hindistonlik Praggnanandhaa Rameshbabu, olmoniyalik grossmeyster Vinsent Keymer, yosh shaxmatchi Vadim Rozenshteyn va Aleksandra Kosteniuklar bor edi.
Avvalroq, shaxmat olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring