Nodirbek Abdusattorovni toʻxtatib qolish kimga nasib qiladi? Bugun u 3 ta mezbonga qarshi dona suradi

Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat boʻyicha “Tata Steel Chess India” turniri boʻlib oʻtmoqda. Unda hamyurtimiz, Oʻzbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Qayd etish kerakki, oʻz tarixida oltinchi bor oʻtkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 41 ming 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnir 9 tur rapid (25+10) va 18 tur blis (3+2) yoʻnalishida oʻtkaziladi.
Rapid va blis yoʻnalishlari uchun alohida gʻolib aniqlanadigan “Tata Steel Chess India” turnirida Magnus Karlsen ham ishtirok etyapti. Nodirbek birinchi kungi bahslardan soʻng turnir jadvalida yakka peshqadam boʻlib oldi. U kecha oʻtkazilgan 3 ta partiyaning 2 tasida gʻalaba va birida durang natija qayd etdi.
Nodirbek avvaliga FIDE bayrogʻi ostida harakat qilayotgan rossiyalik Danil Dubov bilan murosaga keldi. Keyin esa germaniyalik Vinsent Keymer hamda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhani magʻlubiyatga uchratdi.
Bugun esa yana 3 ta mezbon sportchiga qarshi dona suradi. Nodirbek 4-turda qora donalarda Nihal Sarin (Hindiston, 2679)ga qarshi bahs olib boradi. Beshinchi turda oq donalarda yana bir hind grossmeysteri Vidit Santosh Gujrathi (2661) bilan hisob-kitob qiladi. Kunni Sunildat Narayanan (Hindiston, 2579)ga qarshi qora donalardagi uchrashuv bilan yakunlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring