Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Rustam Qosimjonov… FIDE reytingi yangilandi
Jahon shaxmat federatsiyasi dekabr oyining yakunlari boʻyicha oʻz reytingini yangiladi. Mazkur reytingda oʻzbekistonlik shaxmatchilarning muvaffaqiyati yana bir bor eʼtirof etildi. Qayd etish kerakki, kuchli 100 talikdan 5 nafar grossmeysterimiz joy oldi. Ushbu muvaffaqiyat oʻzbek shaxmatining xalqaro miqyosda oʻsib borayotgan nufuzini koʻrsatmoqda.
Yangilangan reytingda Nodirbek Abdusattorov reyting ochkolari 9 punktga kamaygan boʻlsa-da, 2768 ochko bilan 6-oʻrinni saqlab qoldi. Shu bilan birga, Nodirbek yoshlar oʻrtasidagi reytingdan chiqarilgan, chunki u bu yil 21 yoshga toʻladi va kattalar reytingida qatnashmoqda.
Javohir Sindorov (2692) oʻz oʻrnini yaxshilab, 37-pogʻonaga koʻtarildi. Avvalgi oyda 46-oʻrinda boʻlgan Sindorov bu oyda 9 pogʻona yuqoriladi. Tajribali grossmeyster Rustam Qosimjonov (2683) esa 45-oʻrinda joylashgan.
Shamsiddin Vohidov (2670) bu oyda 52-oʻringa chiqdi, avvalgi oyda u 62-oʻrinda qayd etilgan edi. Nodirbek Yakubboyev (2659) esa 67-oʻringa tushib ketdi, u avvalgi oyda 62-oʻrinda edi. Reytingdagi bu oʻzgarishlar shaxmatchilarimizning tinimsiz kurash olib borayotganini koʻrsatadi.
Yoshlar reytingida esa oʻzbekistonliklar muvaffaqiyatlari davom etmoqda. Javohir Sindorov kuchli uchlikdan joy olgan boʻlsa, Muxriddin Madaminov 31-oʻrinda va Muhammadzoxid Suyarov 68-oʻrinda joylashgan. Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilarning bu natijalari kelajakda yanada yuksak marralarni zabt etishga tayyor ekanliklaridan dalolatdir.
Shuni alohida aytish mumkinki, 2024-yilda Muxriddin Madaminov va Ortiq Nigmatovlar grossmeyster unvoniga sazovor boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring