Nodirbek Abdusattorov 1 250 000 000 soʻmdan ziyod mablagʻ ishlab olishi mumkin
Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov “Grand Chess Tour” musobaqasiga kiruvchi turnirda ishtirok etadigan boʻldi. Bu haqda “Chess.com” xabar bermoqda.
“Sinquefield Cup 2024” deb nomlanuvchi turnir “Grand Chess Tour”ning bu yilgi 5-musobaqasi boʻlib, mukofot jamgʻarmasi umumiy 350 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Gʻolib shaxmatchi esa 100 ming AQSH dollariga (1 milliard 250 million soʻmdan ortiqroq), ikkinchi oʻrindagi 65 ming, uchinchi oʻrindagi esa 48 ming AQSH dollariga ega chiqadi.
Musobaqa 19-avgustdan 29-avgustgacha AQSHning Sent-Luis shahrida boʻlib oʻtadi. Turnir formati klassik yoʻnalishda boʻlib, har bir sportchiga 120 daqiqa va har bir yurishga 30 soniya qoʻshib beriladi.
Nodirbek Abdusattorov 9 tur davom etadigan musobaqada Anish Giri, Fabiano Karuana, Gukesh Dommaraju, Pragnanandha Rameshbabu, Ding Liren, Maksim Vashye-Lagrav, Yan Nepomnyaщiy, Alireza Firuzdja va Uesli Soga qarshi dona surishi koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring