Nodavlat umumtaʼlim muassasalarida oʻqiyotgan oʻquvchilar soni 112 mingdan oshdi

15:59 14 Mart 2025 Jamiyat
179 0

Oxirgi yillarda nodavlat taʼlim muassasalariga talab keskin ortgani kuzatilmoqda. Xususan, 2019/2020-oʻquv yilida bu koʻrsatkich 21 042 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, 2021/2022-oʻquv yiliga kelib 30 553 nafarga yetgan.

2022/2023-oʻquv yilida esa oʻquvchilar soni 45 927 nafargacha koʻpaygan. 2023/2024-oʻquv yilida bu raqam 64 010 nafarga yetgan boʻlsa, joriy oʻquv yilida eng yuqori oʻsish qayd etildi — 112 093 nafar oʻquvchi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025-oʻquv yili boshiga mamlakatda 455 ta nodavlat umumtaʼlim muassasasi faoliyat yurityapti. Bu raqam 2018/2019-oʻquv yilidagi 13 769 nafar oʻquvchi bilan solishtirilganda 8,1 barobar koʻpdir.

Nodavlat maktablarning ommalashishi bir necha omillar bilan bogʻliq. Ularning aksariyati xalqaro taʼlim standartlariga mos holda taʼlim berib, zamonaviy oʻqitish uslublarini joriy etmoqda. Shuningdek, bu muassasalarda chet tillari, axborot texnologiyalari va boshqa yoʻnalishlardagi taʼlimga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Tahlilchilarga koʻra, nodavlat maktablar sonining koʻpayishi taʼlim sifatining yaxshilanishiga turtki boʻladi. Bu esa oʻquvchilarga raqobatbardosh bilim berish, zamonaviy taʼlim metodikalarini joriy qilish va xalqaro standartlarga mos oʻquv muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?