Nikolay II davriga tegishli oltin tangalarni olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi

14:57 21 Oktyabr 2022 Jamiyat
623 0

Foto: Madaniy meros agentligi

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya imperatori Nikolay II davriga tegishli oltin tangalarning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qoʻyildi.

Maʼlum boʻlishicha, uchib ketayotganlarning buyumlari orasidan nazorat jarayonida bojxona deklaratsiyasiga kiritilmagan sakkiz dona tilla tanga topilgan. Fuqaroning tegishli idoralardan tangalarni olib chiqish uchun olingan maxsus guvohnomasi ham boʻlmagan.

Hozirda aniqlangan huquqbuzarlik boʻyicha bojxona tekshiruvlari oʻtkazilayotgani xabar qilingan.

Davlat bojxona qoʻmitasining eslatishicha, “Madaniy boyliklarning eksporti va importi toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasiga koʻra, ellik va undan ortiq yil avval yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekistondan olib chiqish mumkin emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер