Netanyahu Yevropa havo hududidan aylanib oʻtdi: hibsga olish xavfi tufayli yoʻl oʻzgartirildi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSHga yoʻl olar ekan, harbiy jinoyatlarda ayblanib Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderi asosida hibsga olinishi mumkin boʻlgan Yevropa davlatlari havo hududidan chetlab oʻtdi.
Netanyahu chorshanba kuni kechqurun Tel-Avivdan BMT Bosh Assambleyasida nutq soʻzlash va AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun joʻnab ketdi. Uning parvozi odatdagidek Yevropa ustida emas, balki Oʻrta yer dengizi boʻylab va Gibraltar boʻgʻozi orqali amalga oshirildi.
FlightRadar24 maʼlumotlariga koʻra, samolyot qisqa vaqtda Gretsiya va Italiya havo hududidan oʻtgan, biroq Fransiya va Ispaniyadan butunlay chetlab oʻtgani uchun parvoz anʼanaviydan uzoqroq davom etdi.
Isroil bosh vazirligi bu qarorning aniq sababini izohlamadi. Jerusalem Post xabariga koʻra, bunday yoʻl qoʻshimcha yoqilgʻi sarfi hisobidan qoplangan boʻlishi mumkin.
Fransiya diplomatik manbasi Fransiya Isroilning havo hududidan foydalanish soʻrovini qabul qilganini maʼlum qildi. Biroq Tel-Aviv aylanma yoʻlni tanlagan va sababi ochiqlanmagan.
Parvozlarni kuzatuvchi ADS-B Exchange maʼlumotlariga koʻra, Netanyahuning iyul oyidagi soʻnggi AQSH safari Gretsiya, Italiya va Fransiya orqali amalga oshirilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Xalqaro jinoiy sud 2024-yil noyabrda Netanyahuni urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab hibsga olishga order chiqargan. Agar u tashkilotga aʼzo Yevropa davlatlari hududidan uchib oʻtsa yoki qoʻnsa, hibsga olinishi mumkin.
Isroil ham, AQSH ham Xalqaro jinoiy sudga aʼzo emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring