Nepalda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishiga qarshi namoyishlarda 19 kishi halok boʻldi

Nepalda korrupsiya va ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishiga qarshi oʻtkazilgan namoyishlar qonli toʻqnashuvlarga aylandi. Reutersʼning yozishicha, politsiya va namoyishchilar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar natijasida kamida 19 kishi halok boʻldi.
Huquqni muhofaza qilish organlari maʼlumotiga koʻra, 100 dan ziyod fuqaro, jumladan 28 politsiya xodimi turli tan jarohatlarini olgan.
Katmanduda politsiya namoyishchilarga qarshi koʻzdan yosh chiqaradigan gaz va rezina oʻqlar ishlatdi. Bir guruh namoyishchi mamlakat parlamenti binosi joylashgan majmuaga kirib bordi. Shuningdek, ular “tez yordam” mashinasiga oʻt qoʻygan va politsiyaga turli buyumlar otgan.
Shu kabi namoyishlar mamlakatning janubidagi Biratnagar va Bxaratapur shaharlarida hamda gʻarbidagi Poxarada ham kuzatildi.
Noroziliklar hukumatning koʻplab ijtimoiy tarmoqlarni bloklash haqidagi qarori ortidan boshlangan. Vazirlar mahalliy organlarda roʻyxatdan oʻtmagan platforma foydalanuvchilari soxta akkaunt ochishi, yolgʻon maʼlumotlar tarqatishi va firibgarlik bilan shugʻullanishi mumkinligini taʼkidlagan.
Bloklangan tarmoqlar qatorida YouTube, X, Reddit, LinkedIn, WhatsApp, Facebook va Instagram ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring