Nega aynan Antaliya? Sayohatsevarlar uchun layfxak

Turkiya dunyo boʻylab sayyohlarning eng sevimli joyi boʻlsa, Antaliya Turkiyaning eng koʻp tashrif buyuriladigan kurortidir. Bu yerda tabiatning goʻzalligi katta shaharning ritmi bilan shunday uygʻunlashganki, ushbu jihat har qanday didi nozik sayyohni ham oʻziga maftun etadi. Antaliya Oʻrta yer dengizining yuragi va koʻplab bozorlar, doʻkonlar, kafelar, restoranlar, koʻngilochar maskanlar joylashgan yirik shahar kurortidir.
Sayyohlarni nafaqat kurortning dinamikasi, balki Antaliyaning tabiiy goʻzalligi ham oʻziga rom etadi. Dam olish maskani tepalikda — ignabargli daraxtlar oʻsgan baland togʻ platosida joylashgan. Yuqoridan koʻrfazning panoramasini koʻrish mumkin. Inson tasvirlab berishga qiynaladigan darajada goʻzalligi bilan toros togʻlari, qoyalar va qadimiy gʻorlardan shahar salobati ufurib turadi. Antaliya yaqinida sharsharalar va Nilufer koʻli bor.
Antaliya nafaqat sohilda toblanishni, balki mahalliy madaniyat bilan tanishishni va vaqtni faol oʻtkazishni xohlaydiganlarning joyidir. Kichik kurort shaharlari faqat mavsum davomida “jonlansa”, Antaliyada butun yil davomida hayot qizgʻin davom etadi.
Antaliyaning oʻziga xosliklari
Shahar dam olish uchun yaxshi rivojlangan infratuzilmaga ega. U Oʻrta yer dengizi sohilidagi eng katta shahar.
Antaliya juda qulay joyda joylashgan. Sayyohlar qirgʻoqdagi barcha qiziqarli joylarga tez yetib borish imkoniyatiga ega. Sharqda Belek kurorti, janubda Kemer togʻli hududi joylashgan. Antaliyaning sharqiy chekkasida butun dunyodan parvozlarni qabul qiladigan ulkan aeroport mavjud.
Qulay infratuzilma
Shahar aeroportga yaqin. Atigi 12 km (mehmonxonaga yoʻl taksi yoki avtobusda 15-25 daqiqa davom etadi).Katta hudud. Hatto 10-14 kunlik dam olish uchun ham yetarli boʻlgan diqqatga sazovor joylarning keng tanlovi.Puxta oʻylangan logistika. Deyarli barcha qiziqarli joylarga avtobus yoki mikroavtobusda borish mumkin.Har qanday did uchun munosib plyajlar.Yoqimli iqlim. Antaliyada yil davomida dam olish mumkin. Yozda ham dengiz shabadalari toza salqin havo olib keladi.
Antaliyaga qanday borish mumkin?
Nega koʻpchilik sayyohlar Antaliyani tanlaydi? Chunki bu kurort yonida xalqaro aeroport bor. Unga Toshkentdan charter reys bilan tez yetib borish mumkin.
Antaliyada kimlar dam olishi mumkin?
Oilaviy sayyohlar. Bu Oʻrta yer dengizi kurortlari orasida oilaviy dam olish uchun eng yaxshi variant. Oʻyin-kulgining katta tanlovi, rivojlangan infratuzilma.Faol turmush tarzini afzal koʻrgan odamlar. Antaliya dinamik shahar. Bu yerda keng qamrovli va arzon koʻngilochar dasturlar mavjud.Ekskursiyani sevuvchilar Kaleichi hududi. Bu shaharning qadimiy qismidir.Tabiat va toshli plyajlarni afzal koʻrganlar uchun Konyaalti hududi. Bu yerda ikkita milliy bogʻ va ulkan togʻlar mavjud.
Koʻrishga arzigulik maskanlar
Vayron boʻlgan Termessos shahrida joylashgan Gulluk togʻi milliy bogʻi. Karaali oʻgʻli bogʻi Antaliyadagi eng katta va eng goʻzal park. U dengizdan balandda joylashgan, toshli qirgʻoq boʻylab bir necha yuz metrga choʻzilgan. Antaliyadan 30 km. uzoqlikda joylashgan taxminan 100 ming yillik tarixga ega Karain gʻori. Bu yera Turkiyadagi eng qadimgi aholi punkti joylashgan. Mashhur Lara plyajidagi Quyi Duden sharsharasi. Balandligi 40-50 m. Sharshara yaqinida kuzatuv maydoni va kichik park mavjud.
Bolalar bilan yana qayerga borish mumkin?
Oilaviy dam olish uchun akvaparklar, delfinariy, hayvonot bogʻi va istirohat bogʻi mavjud. Arxeologiya muzeyi ham qiziq. “Troya” yoki “Aqualand” akvaparki, OʻZDILEK koʻngilochar markazi kabi shular sirasiga kiradi.
Qachon borish kerak?
Antaliyada yiliga deyarli 300 quyoshli kun bor. Dam olish maskani butun yil davomida sayyohlarni qabul qiladi, ammo plyajda dam olish uchun eng yaxshi davr aprel oyining boshidan noyabr oyining oxirigacha.
Yozda havo +31…+34 darajagacha, suv esa +24…+29 darajagacha isiydi. Eng issiq ob-havo avgust oyida kuzatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring