“Navoiyuran” davlat korxonasi xalqaro kredit reytingini qoʻlga kiritdi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. “Navoiyuran” davlat korxonasi xalqaro darajada eng yuqori kredit reytingiga ega boʻlgan tashkilotlar qatoriga kirdi. Prezidentning 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-sonli qaroriga asosan, transformatsiya dasturi natijasida korxona investitsion jozibadorligini oshirish va xalqaro reyting olish vazifalari belgilangan edi. Ushbu saʼy-harakatlar oʻz natijasini berib, “Navoiyuran“ DK Standard & Poorʼs Global Ratings agentligi tomonidan uzoq muddatli defolt reytingida (Long term issuer default rating) BB-/barqaror (Stable) darajasi bilan baholandi. Shu tariqa, korxona Oʻzbekistondagi yirik sanoat davlat korxonalari orasida ikkinchi oʻrinni egalladi.
— “Navoiyuran” davlat korxonasi balansidagi 17 ta muhim konlarning uran zaxiralari Avstraliyaning JORC code standartlariga muvofiq 71 ming tonna etib baholandi, — deydi “Navoiy uran” DK bosh direktorining transformatsiya va raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosari Hasan Haydarov. — 2022-2023-yillar uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) talablari asosida birinchi bor tayyorlangan moliyaviy hisobotlariga “Katta toʻrtlik (BIG FOUR)” safiga kiruvchi Deloitte xalqaro auditorlik tashkilotidan “ijobiy” auditorlik xulosasini berdi.
Standard&Poorʼs Global Ratings hisobotiga koʻra “Navoiyuran” DK jahonda uran ishlab chiqarish boʻyicha 5-oʻrindaligi hamda ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha boshqa uran ishlab chiqaruvchi nufuzli xorijiy kompaniyalarga nisbatan eng past ekanligi taʼkidlandi.
Xalqaro reyting agentligi, korxonaning transformatsiya dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, korxonaning uzoq yillik strategiyasi va maqsadli koʻrsatkichlari, operatsion samaradorlik tadbirlari, korxona boshqaruviga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar faoliyati, korporativ boshqaruv tizimi transformatsiyasi, atrof muhit, ijtimoiy va korporativ (ESG) tamoyillarini joriy etish maqsadida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (ISO 45001), energiya samaradorligini boshqarish (ISO 50001), axborot xavfsizligi (ISO 27001) ekologik (ISO 14001) va sifat menejmenti (ISO 9001) boʻyicha qoʻlga kiritilgan xalqaro sertifikatlar, Global Reporting Initiative standartlariga asosan 2022 va 2023-yillar uchun ishlab chiqilgan “Barqarorlik hisobotlari” (Sustainability report) oʻrganib chiqildi.
Shu bilan birga, Standard&Poorʼs Global Ratings agentligi Fransiyaning “Orano mining” va Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU” kabi xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan strategik hamkorlik kelishuvlariga muvofiq olib borilayotgan investitsiya loyihalari korxonani yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati borligini eʼtirof etdi.
Maʼlumot uchun: Standard&Poorʼs Global Ratings — xalqaro reyting agentliklaridan biri boʻlib, agentlik xalqaro moliya bozorlari ishtirokchilari uchun xalqaro reytingga ega boʻlgan kompaniyalar toʻgʻrisida mustaqil tahlil asosida maʼlumotlar va xulosalar beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring