“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qoʻlga kiritdi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xalqaro “Sustainable Fitch” reyting agentligi tomonidan “Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingi “3” darajasida, 55 ball koʻrsatkich bilan baholangani maʼlum qilindi. Ushbu baho korxonaning masʼuliyatli boshqaruv, barqaror rivojlanish va ochiqlikka sodiqligini tasdiqlaydi.
— Agentlik oʻz hisobotida korxonamiz barqarorlik strategiyasini bosqichma-bosqich joriy etayotgani, milliy va xalqaro meʼyorlarga qatʼiy amal qilayotganini ijobiy baholadi, — deydi “Navoiy uran” DK ESG tamoyillarini joriy etish va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish boʻlimi boshligʻi Sardor Murodov. — Yaʼni korxonamizning ekologik siyosati, asosiy koʻrsatkichlarning oshkora eʼlon qilinishi hamda oxirgi yillarda ekologik hodisalarning qayd etilmagani va radioaktiv chiqindilarni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsion xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga toʻliq mos ravishda amalga oshirilishi, Sogʻliqni saqlash vazirligi nazorati ostida olib borilayotganligini alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, ijtimoiy yoʻnalishda “Navoiyuran” DKning ichki siyosatlari, ochiqlik darajasi va soʻnggi yillarda ijtimoiy hodisalar qayd etilmaganligi agentlik tomonidan yuqori bahoga sazovor boʻldi. Bu esa korxona xodimlari uchun xavfsiz va teng huquqli mehnat sharoitlarini yaratishga boʻlgan eʼtiborini koʻrsatadi.
Korporativ boshqaruvda esa kompaniya milliy va xalqaro amaliyotlarga amal qilishi, Kuzatuv kengashi raisining va Bosh direktor vakolatlari ajratilgani korxona boshqaruvida muvozanat va masʼuliyatni taʼminlashda ijobiy omil sifatida qaraldi.
Mazkur ESG reyting Yangi Oʻzbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida “Navoiyuran” davlat korxonasi ham salmoqli hissa qoʻshayotgan ishonchli va barqaror kompaniyalar safidan oʻrin egallayotganini belgilab beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring