Navoiylik yosh olimning ixtirosi dunyoviy muammoga yechim boʻlishi mumkin

15:20 22 Fevral 2024 Jamiyat
314 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Temur Eshboyev/“Xalq soʻzi”. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kundalik maishiy chiqindilarning 25 foizini organik mahsulotlar tashkil etib, ularning asosi sintetik va tabiiy polimerlardan tarkib topgan.

Mazkur birikmalardan tayyorlangan mahsulotlarning aksariyati bir martagina ishlatilib, maʼlum qismi qayta ishlansa, qolganlari atrof-muhitga shunchaki koʻmish orqali utilizatsiya etiladi.

— Yer yuzidagi plastik chiqindilarning katta qismi dunyo okeanlaridan joy oladi, — deydi Navoiy Davlat konchilik va texnologiyalar universiteti doktoranti Hayot Istamov. — Shuningdek koʻmilgan plastik chiqindilarning ham aksariyati ming yilga qadar chirimay atrof-muhitga zarar yetkazish xususiyatini saqlab qoladi.

Hayot Istamov ilmiy rahbari, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professori Bahodir Muhiddinov bilan birgalikda tez parchalanuvchi biopolimerlar ustida ish olib bormoqda. Yosh olimning taʼkidlashicha, universitetning “Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasidagi izlanishlar natijasida sintetik polimerlarga bioparchalovchi moddalarni qoʻshish orqali insoniyatni tashvishga solayotgan ana shu muammoga samarali yechim yaratish mumkin.

— Xususan, yangi tayyorlangan mahsulot bir yil ichida 50 foizga, 2-yilda esa toʻliq chirishiga erishiladi, — deydi Hayot Istamov. — Ayni vaqtda uning parchalanib, chirindining tuproq unumdorligini oshirish jihatini oʻrganmoqdamiz.

Ustoz-shogird shu bilan birga yangi mahsulotlarning iqtisodiy samaradorligi, uning tannarxi borasida ham tadqiqotlar olib borishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер