Navoiyda yuqori quvvatli podstansiya qurildi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy shahrining Yoshlik mahallasi hududida yuqori kuchlanishga ega — quvvati 25 megavatt boʻlgan ikki transformatorli “Yoshlik” podstansiyasi yangidan qurilib, ishlab chiqarishga moslashtirish jarayonlari boshlandi.
— Mazkur quvvat yaqin istiqbolda Navoiy shahrining kengayishini inobatga olgan holda, aholining elektr energiyasiga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida bunyod etildi, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ Navoiy hududiy filiali ishlab chiqarish-texnika boʻlimi boshligʻi Husniddin Xoʻjayev. — U asosan Navoiy shahrining Yoshlik, Guliston, Taraqqiyot, Farovon, Karmana tumanining Oʻzbekiston mahallalarida elektr energiyasi taʼminoti barqarorligini saqlab, “Yangi Navoiy” industrial kompleksining elektr elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini zaxirasi bilan qanoatlantiradi.
Ushbu hududlarni elektr taʼminoti bilan taʼminlash uchun 4,3 km uzunlikda 110 kV kuchlanishli havo tarmogʻi tortilib, quvvati 2 ta 25000 kVA boʻlgan yangi kuch transformatori oʻrnatildi.
Navoiylik energetiklar ayni kunlarda viloyatning Gʻozgʻon shahrida bundan yuqori quvvatli podstansiyani ishga tushirishga hozirlik koʻrishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring