Navoiyda soʻnggi yetti yilda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha ishga tushirildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Soʻnggi yetti yilda Navoiyda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha ishga tushib, 27 trillion soʻmlik qoʻshilgan qiymat yaratildi. Bu haqda viloyatda Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Viloyatdagi tadbirkorlar soni 3 karra koʻpaydi. Ularning saʼy-harakati bilan oʻtgan yetti yilda 1 milliard dollarlik eksport boʻldi. Bu yil ham viloyatda 2,2 milliard dollarlik 577 ta loyiha ishga tushib, 10 mingta yuqori daromadli ish oʻrni paydo boʻladi.
Oʻtgan davrda Navoiy iqtisodiyoti toʻqqizinchi oʻrindan uchinchi oʻringa chiqib, 82 trillion soʻmga yetdi. Bunaqasi Navoiy tarixida boʻlmagan.
Shu bilan birga viloyat hokimligi hozirgi koʻrsatkichlarni bir necha karra oshirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, viloyatda kaolin, fosforit, granit, marmar, kvars qumlari kabi xomashyo zaxiralari boʻlgan yana 100 ta kon va uchastkalarni tadbirkorlarga taklif qilish mumkin.
Bu ishlar koʻlamini kengaytirish uchun geologiyada yangi tizim boʻladi. Barcha strategik resursli konlar halqaro baholashdan oʻtadi. Buning uchun tajribali xalqaro kompaniyalar jalb qilinadi.
Prezident mahalliylashtirish masalasida mutasaddilar korxonalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi zarurligini koʻrsatib oʻtdi.
Tadbirkorlarimizga kerakli standartlar yetkazilsa, import boʻlayotgan mahsulotlarni bemalol oʻzimizda chiqarish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi. Minglab ish oʻrni ham yaratiladi.
Daryo, soy va kanallarni betonlash, kichik GES qurishga ham xususiy sektorni faol jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu suv boʻylarida zamonaviy savdo va servis obyektlari ham tashkil qilinadi. Bu Navoiy tajribasi boʻladi.
Viloyat aholisi yildan-yilga koʻpaymoqda. Odamlarning talabi ham, tadbirkorlikka qiziqishi ham kundan-kunga oshayapti.
Lekin, shunday salohiyat turib, Navoiyda haligacha kambagʻal oilalar borligi shuncha yirik korxonasi bor viloyatga yarashmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga chetga ishlashga ketgan odamlar bilan gaplashish, ularning oila aʼzolaridan xabar olish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish topshirildi.
Bu masalalarga jiddiy qaramagan rahbarlarga xulosa ham jiddiy boʻlishi qayd etildi.
Kichik biznes, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va baliqchilikda mavjud imkoniyatlarni ishga solib aholi daromadini oshirish, 4 ta tuman tajribasi asosida 140 ming aholini band qilish, kelgusi yilda Navoiyga 500 ming xorijiy turistni jalb qilib, eksportni 150 million dollarga yetkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring