Navoiyda rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha amaliy sinovlar oʻtkazildi

16:33 23 Noyabr 2022 Jamiyat
512 0

Foto: IIV Axborot xizmati

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub zamirida har bir sohada yosh mutaxassislarni yetishtirish, bu borada ularni qoʻllab quvvatlash hamda taraqqiyotning oʻzagiga aylanishini taʼminlash yotadi. Binobarin, jismonan kuchli va maʼnan barkamol kadrlargina mamlakatning ustunlariga aylanishi mumkin. Alalxusus, Navoiy viloyati IIBda ham soha xodimlarini har tomonlama yetuk boʻlishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlaridan iborat ishchi komissiya aʼzolari vazirlik Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tomonidan shakllantiriladigan rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tanlab olish va rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish boʻyicha vazirlikning tegishli meʼyoriy buyruqlari talablari asosida tanlov tadbirlari oʻtkazildi.

Jumladan, Navoiy viloyati ichki ishlar organlarida IIV Akademiyasi rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti hamda magistratura bosqichini oʻqib tamomlab, rahbarlik lavozimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning kasbiy, psixologik, jismoniy va jangovar tayyorgarligi tekshirildi. Shuningdek, sinov imtihonlari qabul qilinib, ular bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi va viloyat ichki ishlar organlarining rahbarlik lavozimlariga amaldagi zaxira roʻyxati shakllantirildi. Bu kabi tadbirlar kelgusida ichki ishlar organlaridagi rahbar kadrlar zaxirasini yaratish hamda malakali mutaxassislar yetishtirishda oʻz samarasini koʻrsatishi shubhasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?