Navoiyda maktabda sinf xonalari yetishmasligidan norozi boʻlgan ayollar yoʻlni toʻsib qoʻydi
Navoiy viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xatirchida norozi xalq bosh koʻtardi” nomli video yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Hokimlikning maʼlum qilishicha, oʻrganishlar davomida 2021-yil 1-mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan 9 maktab yonida ota-onalar tomonidan namoyish oʻtkazilgan. Ular yoʻlning qatnov qismiga chiqib olib, tegishli mutasaddilar yetib kelmagunga qadar mashinalar harakatini toʻsib qoʻyishganligi maʼlum boʻldi.
Shu kunning oʻzida yarim soat ichida voqeadan xabar topgan tuman hokimi Gʻ.Aliyev hamda tegishli masʼullar hodisa joyiga borib, murojaatlarni oʻrgangan.
«11 nafar ayol oʻz farzandlarini maktabga tayyorlov guruhlariga ( 0 sinflar) qoʻyish uchun sinf xonalari yetishmaganligi tufayli shunday qilishganini taʼkidlashgan.
Muammolar joyida bartaraf etilib, sinf xonalar va oʻqituvchilar ajratilib, masala ijobiy hal etilgan», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring