Navoiyda ikkita tibbiyot binosi foydalanishga topshirildi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining Angiografiya boʻlimi binosi foydalanishga topshirildi. Angiografiya qon va limfa tomirlari kasalliklarini, shuningdek, miya, yurak, oʻpkadagi kasalliklarni qon tomirlaridagi oʻzgarishlarga qarab aniqlashda qoʻllaniladi. Zamonaviy angiografiya qon tomiriga radio-shaffof kontrast moddani kiritish va rentgenografiyaga asoslangan flyuoroskopiya kabi usullardan foydalangan holda tasvirlash orqali amalga oshiriladi.
Mazkur boʻlim Shveysariyaning “Daytech” kompaniyasi bilan oʻzaro kelishuv asosida 530 ming dollarlik angiografiya qurilmasi bilan jihozlangan. U yurak-qon tomir va sohadagi boshqa turli kasalliklarni erta aniqlash hamda oldini olishga xizmat qiladi. Qurilmadan neyroxirurgiya, nevrologiya, kardiologiya, qon-tomir jarrohligida, urologiya va terapiyada foydalanish mumkin.
Viloyatning Nurota tumanida tugʻruq kompleksi toʻliq qayta taʼmirlanib, barcha qulayliklarga ega holda topshirildi.
— Markazimiz 2001-yilda qurilgan boʻlib, yiliga 1800 dan ziyod tugʻruq va yuzlab murakkab akusherlik-ginekologiya operatsiyalari oʻtkaziladi, — deydi boʻlim shifokori Mohigul Jabborova. — Toʻliq rekonstruksiyaning amalga oshirilishi koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatimiz sifatini yanada oshirish imkonini taqdim etadi.
Rekonstruksiyadan soʻng muassasada ginekologiya boʻlimi, tugʻruqqa tayyorlash boʻlimi va tugʻruqxona boʻlimi faoliyati davom ettirilib, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda kasalliklar aniqlansa, shu joyning oʻzida ularni davolash imkoniyati bir qadar kengaytirildi. Shuningdek, majmuada skrining markazi, UTT, EKG, raqamli rentgen apparati, barcha tahlillarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy laboratoriya hamda tahlillarni elektron tarzda shifokorlarga yuborish, respublika shifoxonalari bilan videokonferensiya aloqa oʻrnatgan holda tashxis qoʻyish va boshqa tibbiyot amaliyotlarini bajarish imkoniyati yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring