Navoiyda yer maydoni sotish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi

14:59 17 Yanvar 2024 Jamiyat
150 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Konimex tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.H. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, fuqaro Х.Т.га tegishli Navbahor tumanidagi 24 sotix boʻsh yer maydonida goʻyoki qurilish ishlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi soxta hujjatlari asosida fuqaro E.K.га firibgarlik yoʻli bilan 150 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro B.J. fuqaro Z.H.га ushbu yer maydoniga kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 5,2 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 3,7 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?