Navoiyda atrof-muhitni ifloslantirgan 19 ta korxona va sexlar faoliyati toʻxtatildi
Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda boshqa mutaxassislar tomonidan nazorat tadbirlari oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.
Unda aytilishicha, oʻrganishlar davomida 22 ta sanoat korxonasi tomonidan ekologik talablarga zid tarzda faoliyat olib borilayotganligi aniqlanib, qaror asosida ushbu korxonalar faoliyatini toʻxtatish yuzasidan tegishli choralar koʻrilgan hamda 25 nafar masʼullarning maʼmuriy javobgarlik masalasi hal qilingan.
Shuningdek, atmosferaga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi 22 ta korxona yoki sexlar faoliyatini toʻxtatish yuzasidan iqtisodiy sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan. Mazkur daʼvo arizalaridan 20 tasi Karmana tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan koʻrib chiqilib, 19 ta korxona faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.
Jumladan, shu yilning 23-sentyabr kuni Navoiy viloyat sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyalari tomonidan Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori yuzasidan berilgan shikoyat arizasi koʻrib chiqilib, “Navoiyazot” AJning 23-sexi (ammiak) faoliyati sud qarori bilan vaqtincha toʻxtatilgan.
Bundan tashqari, Karmana tumanida joylashgan “Sogda Kimyo Zavod” MCHJga qarashli uchta sex faoliyatiga ham Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan vaqtincha chek qoʻyilgan.
Reyd tadbirlari davomida jami 92 ta noqonuniy, yaʼni qoʻlbola usulda qurilgan ohak pishirish xumdonlari aniqlanib, tegishli tashkilotlar ishtirokida toʻliq buzdirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring