Navoiyda 411 kishini chuv tushirgan qurilish kompaniyasi fosh boʻldi

12:39 17 Iyun 2025 Jamiyat
377 0

Navoiyda fuqarolarga aslida yoʻq boʻlgan uylarni sotib, pullarni ishlatib yuborgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan, Navoiy shahridagi MCHJ mansabdorlari 2017-2024-yillar davomida qurilishi bitmagan 140 dan oshiq uylarni 411 kishiga pullab, mablagʻlarni qurilish ishlariga yoʻnaltirish oʻrniga, shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgani maʼlum boʻldi. Huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar oʻtkazgan tadbirda ularning faoliyatiga chek qoʻyildi.

Boshqa bir holatda esa Navoiy shahrining “Istiqlol” mahallasida, aslida mehmonxona uchun ruxsat olingan, ammo shaharsozlik normalariga toʻgʻri kelmagani sabab qurilishi toʻxtatilgan binoni koʻp qavatli uy sifatida ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish orqali aholiga sotib yuborilgani aniqlandi.

Zarafshon shahrida esa shahar hokimining qurilish uchun yer ajratish boʻyicha qarori va bir qator hujjatlarni soxtalashtirib, fuqarolarga uylarni sotayotgan firibgarlarning kirdikorlari fosh boʻldi. Ular navbatdagi fuqaroga soxta oldi-sotdi shartnomasi bilan uy sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Avvalroq Tojikistondan Oʻzbekistonda sotish uchun keltirilgan qariyb 50 kilogramm “opiy” giyohvandlik vositasi musodara qilingani haqida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер