“Navoiyazot” rahbari ishdan ketdi
“Navoiyazot” AJ boshqaruv raisi Bahodir Sharipov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, endilikda jamiyat raisligi vazifasini bajarish “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Odil Temirovga yuklatilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJ matbuot xizmati xabar berishicha, 18-aprel kuni “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi Joʻrabek Mirzamahmudov rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda 16-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan, kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish surʼatlarini taʼminlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida taʼkidlangan masalalar yuzasidan “Oʻzkimyosanoat” AJ va tashkilot tizmidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar ijrosi muhokama qilingan.
“Navoiyazot” AJ boshqaruv raisi Bahodir Sharipov boshqa ishga oʻtgani sababli jamiyat raisligi vazifasini bajarish “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Odil Shukurovich Temirovga yuklatilgan. Odil Temirov bir vaqtning oʻzida “Oʻzkimyosanoat”dagi lavozimini ham saqlab qoladi.
“Joʻrabek Mirzamahmudov yaqin bir oyda «Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatidagi polivinilxlorid korxonasi quvvatini 90 foizga yetkazish, azot kislotasi ishlab chiqarish loyihasini foydalanishga topshirish vazifasini amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish lozimligi haqida bildirdi.
Shuningdek, hozirgi epidemiologik vaziyat bois tozalash va dezinfeksiya vositalariga talab oshganligi, xususan, qoʻshni davlatlardan 2 ming tonna gipoxloritga buyurtma kelib tushganligi hamda togʻ-kon metallurgiya sanoati uchun muhim boʻlgan sianid tuzlariga ham ehtiyoj ortayotganligi bois imkoniyatlarni toʻliq safarbar etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi loyihalar tayyorlash yuzasidan berilgan koʻrsatmalar ijrosiga eʼtibor qaratish lozimligi ham taʼkidlab oʻtildi», deyiladi “Oʻzkimyosanoat” AJ matbuot xizmati xabarida.
“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ayni kunda qariyb 9 ming ishchi-muhandis mehnat qiladi va ularning 2,5 ming nafarini yoshlar tashkil qiladi. 1964-yilda ishga tushgan gigant korxonada 70 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring