Navoiy shahrida transport tariflari tushishi kutilmoqda

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Yaqin kunlarda Navoiy shahrida jamoat transporti uchun belgilangan bekatlarda toʻxtab turgan transport vositalari egalari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Boisi shahar hududida endi jamoat transporti — avtobuslar xizmati yoʻlga qoʻyilib, ushbu bekatlarda toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini buzish ular qatnoviga xalaqit berishi mumkin.
— Shahrimizda jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasidan 18 ta avtobus keltirildi, — deydi shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Oʻtkir Haqberdiyev. — Hozirgi kunda yana 42 ta avtobus xitoylik taʼminotchi kompaniya tomonidan joʻnatildi. Natijada shahar jamoat transporti parki 60 ta avtobusga yetkazilib, ular 5 ta yoʻnalish boʻylab shahrimiz aholisi va mehmonlariga transport xizmati koʻrsatadi.
Taʼkidlash joiz, shu paytga qadar Navoiy shahrida yoʻlovchilarga yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar tomonidan transport xizmati koʻrsatilgan, narxlar koʻpam baland emas. Biroq shahar koʻchalarining torligi kunning tigʻiz paytlarida tiqilinchliklar yuzaga keltirib, noqulayliklar tugʻdirmoqda. Shu jihatdan shaharda jamoat transporti faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi eng avvalo koʻchalarda qatnov yukini yengillashtirishi bilan muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, raqobat muhiti tariflarga ham oʻz ijobiy taʼsirini oʻtkazmasdan qolmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring