“NAVOI NATIONAL FOOD FEST” milliy taomlar festivali sayyohlarni Navoiyga chorlaydi

12:27 07 Noyabr 2023 Madaniyat
198 0

Keyingi yillarda Oʻzbekiston oʻzining gastronomik imkoniyatlari bilan ham minglab xorijlik sayyohlar eʼtiborini tortmoqda. Bu haqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Hududlarimizning oʻziga xos xilma-xil milliy taomlarining tayyorlanishi va mazasi har qanday insonni hayratlantira oladi. Shu boisdan, muntazam ravishda gastronomik turizm salohiyatini keng targʻib qilish maqsadida har bir hududda maxsus tadbirlar tashkillashtirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 11-noyabr kuni Navoiy shahrida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan gastronomik koʻchada “NAVOI NATIONAL FOOD FEST” milliy taomlar festivali oʻtkaziladi.

Unda viloyatning har bir hududidan mashhur oshpazlar oʻziga xos boʻlgan taomlarni tayyorlab, festival ishtirokchilari boʻlgan minglab sayyohlar eʼtiboriga havola qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?