“Navbahor” muxlislari Buxoroga poyezdda boradigan boʻldilar
Foto: Xalq so‘zi
Yurtimizda “millionlar oʻyini”ga ishqibozlikda namanganliklarning oldiga tushadigan yoʻq hisobi. Oʻzining sevimli jamoasiga sadoqatini har bir uchrashuvda stadionni toʻldirish bilan isbotlaydigan bu insonlar safar oʻyinlarini ham qoldirishmaydi. Ularning qoʻllab-quvvatlashi esa “Navbahor”chilarga alohida kuch-gʻayrat bagʻishlashi amalda isbotini topgan.
Masalaning ayni jihatini eʼtiborda tutgan Namangan viloyat hokimligi muxlislarga atab munosib tuhfa tayyorladi. Gap shundaki, jamoaning “Nasaf” bilan joriy yil 30-oktyabr kuni oʻtkaziladigan bahsi uchun Buxorodagi “Markaziy” stadioni belgilangan. Masofa anchagina uzoq va transport masalasi ham oson emas. Endi bu muammoga oʻrin qolmadi. “Namangan-Buxoro-Namangan” yoʻnalishi boʻyicha bir martalik poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi.
Poyezd muxlislarni Namangan shohbekatidan olib ketadi va oʻyin yakunlanganidan soʻng ortga olib qaytadi. Buxoroga borish istagidagi ishqibozlar safi hozirdanoq toʻlib bormoqda. Binobarin, Oʻzbekiston kubogi finali har qachongidan murosasiz va betakror oʻtishiga shubha qilmasa ham boʻladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring