NATOning yangi Bosh kotibi Ukrainaga ilk tashrifini amalga oshirdi. Uchrashuvda juda muhim masala koʻrilgan

09:39 04 Oktyabr 2024 Dunyo
322 0

NATOning yangi Bosh kotibi Mark Ryutte lavozimga kirishganidan keyin birinchi rasmiy safarida Ukrainaga tashrif buyurdi. U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi va tashkilot va Kiyev oʻrtasidagi muhim masalalarni muhokama qildi. Bu haqda AP axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, yangi kotib va prezident muhokamalari chogʻida havo hujumi sirenalari ikki marta ishlab ketgan. Ryutte Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga vaʼda beri ham aytilmoqda. U Gʻarbning Ukrainani qoʻllab-quvvatlashini saqlab qolish uchun AQSHning boʻlajak prezidenti bilan hamkorlik qilishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, kelasi hafta Germaniyada boʻlib oʻtadigan NATOning muhim yigʻilishida yangi harbiy yordam masalasi muhokama qilinishi ham maʼlum qilingan. Zelenskiy Ukrainaning “gʻalaba rejasi” tafsilotlari bilan oʻrtoqlashib, Mark Ryuttedan koʻproq qurol, xususan, uzoq masofaga moʻljallangan raketalarga ehtiyoji borligini bildirgan.

Qayd etilishicha, Ukraina prezidenti, shuningdek, Yaqin Sharqdagi mojaroning Ukrainaning urush harakatlariga taʼsiridan xavotir bildirdi. U Eron tomonidan yetkazib berilgan raketalar va uchuvchisiz samolyotlar Ukrainaga qarshi qoʻllanilayotganini aytgan. Zelenskiy Gʻarb davlatlarini Ukrainaning Rossiya hududiga chuqurroq zarba berish uchun Gʻarb yetkazib bergan qurollardan foydalanishiga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi.

Ryutte Ukraina NATO aʼzoligiga har qachongidan ham yaqinroq ekanini bildirgan. U Ukrainaning alyansga qoʻshilishi yoʻlidagi qadamlar sifatida NATOning xavfsizlik kelishuvlari va moliyaviy yordam kabi soʻnggi harakatlari haqida aytmoqda.

Rossiyaning yangi avlod bombalarining xavfi ortib borayotganiga javoban, Zelenskiy Gʻarbdan koʻproq harbiy yordam olish zarurligini yana bir bor taʼkidladi. Bu bombalar Moskvaning hujumlarida halokatli vositaga aylangan. Rossiyaning tobora ortib borayotgan yutuqlariga qaramay, Ukraina har kuni transchegaraviy havo hujumlariga duch kelishda davom etmoqda.

Avvalroq, ayrim hududlarda bogʻ yaratmaganlar uchun yer soligʻi 3 baravarga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер