Endi “Instagram”da sunʼiy intellekt voyaga yetmaganlarni aniqlaydi
“Instagram”da voyaga yetmagan holda kattalar nomidan akkaunt ishlatayotgan foydalanuvchilarni sunʼiy intellekt aniqlaydi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar qildi.
Bunda tizim akkauntda amalga oshirilayotgan amallarga qarab uni voyaga yetmagan shaxs foydalanayotganini gumon qilsa, maxfiylik sozlamalari avtomatik tarzda “oʻsmirlar” rejimiga oʻtkaziladi.
Natijada, profil yopiq holatga keladi, notanish odamlar birinchi boʻlib xabar yoza olmaydi va ayrim kontentlarga nisbatan cheklovlar qoʻyiladi. Kompaniya tizim xatoliklarga yoʻl qoʻyishi mumkinligini tan olib, foydalanuvchilarga sozlamalarni qayta sozlash imkoni qoldirilishini maʼlum qilgan.
Funksiya hozirda AQShda sinovdan oʻtkazila boshlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring