NATO Ukrainaga qurol-yarogʻ xaridi uchun yana 15 milliard dollar ajratishi mumkin
DW xabariga koʻra, Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Ukrainaga PURL dasturi doirasida joriy yilda 2 milliard dollar, 2026-yilda esa 12–15 milliard dollar miqdorida mablagʻ ajratishi mumkin. Bu haqda AQSHning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uitaker maʼlum qildi.
“Bizda yaqin oylar ichida ajratiladigan 2 milliard dollar atrofida mablagʻ mavjud. Umid qilamizki, bu mablagʻ tez orada yetkaziladi. 2026-yilga kelib esa asosiy masala barqarorlik boʻladi — Ukrainani himoya qilish uchun zarur boʻlgan muhim qurollarni xarid qilishga 12–15 milliard dollar kerak boʻladi”, — dedi Uitaker.
Eslatib oʻtamiz, PURL dasturi 2025-yil iyulidan boshlab NATO va AQSH prezidenti Donald Tramp oʻrtasidagi kelishuv asosida amalga oshirilmoqda. Unga koʻra, alyans aʼzolari va hamkor mamlakatlar Ukraina tuzgan roʻyxat asosida AQSHdan qurol xarid qilib, toʻlovni amalga oshiradilar.
Sentyabr oyi oʻrtalarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu dastur orqali Ukraina allaqachon 2 milliard dollardan ortiq yordam olganini, yil yakuniga qadar esa 3–3,5 milliard dollarga yetishini umid qilayotganini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring