Tramp: AQSHning Ukraina boʻyicha tinchlik rejasi 22 bandga qisqartirildi

11:01 27 Noyabr 2025 Dunyo
613 0

AQSH tomonidan taklif etilgan Ukraina boʻyicha tinchlik kelishuvi rejasi bandlari 28 tadan 22 taga qisqartirildi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi, deb xabar berdi TASS.

“Bu shunchaki chizma edi. Hammasi konsepsiya boʻlgan, bu hali toʻliq reja emas edi”, — dedi Tramp.

Trampdan ushbu rejaga nisbatan Respublikachilar partiyasidagi safdoshlarining tanqidlariga munosabat bildirish soʻraldi. Ularning fikricha, rejaning dastlabki varianti “prorossiya” ruhida edi.

“Oʻsha 28 bandning har biri koʻrib chiqildi va yakunda ularning soni 22 taga tushdi. Koʻplab bandlar hal qilindi, hatto juda qulay tarzda hal etildi”, — dedi AQSH prezidenti.

Ayni paytda, Axios nashri xabar berishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy imkon qadar tezroq Donald Tramp bilan uchrashishni istamoqda — maqsad tinchlik kelishuvi ustidagi ishlarni yakunlashdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер