NATO Rossiyadan himoyalanish uchun 50 tagacha brigada yaratishni taklif qilmoqchi
Illyustrativ foto
NATO yetakchilaridan Rossiyadan himoyalanish uchun 50 tagacha yangi brigadalar tuzish soʻralgan. Bu haqda «Reuters» oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Agentlikning tushuntirishicha, NATO yetakchilari alyansning Vashingtonda boʻlib oʻtadigan sammitida blokning rejalari haqida yangilangan maʼlumotlarni olishadi.
«Rossiya hujumidan himoyalanish boʻyicha yangi rejalarni toʻliq amalga oshirish uchun NATOga 35 dan 50 tagacha qoʻshimcha brigada kerak boʻladi», deyiladi agentlik xabarida.
Bundan tashqari, agentlik suhbatdoshining aytishicha, Germaniya alyansning yangi mudofaa rejalari doirasida havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini toʻrt barobar oshirishi kerak boʻladi.
NATO rasmiysining agentlikka aytishicha, harbiy strateglar «ittifoqni himoya qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshinlar va qurollarga boʻlgan batafsil talablarni» aniqlagan.
«Havo va raketaga qarshi mudofaa, uzoq masofaga uchuvchi qurollar, logistika va qoʻshinlarni tashishga qodir yirik quruqlikdagi kuchlar bizning ustuvor vazifalarimizdandir», deya qoʻshimcha qildi alyans vakili.
Uning qoʻshimcha qilishicha, NATO aʼzolari uchun mudofaa salohiyatini oshirish maqsadlarini belgilashi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida avvalroq Moskva NATO mamlakatlariga hujum qilmoqchi emasligini, bu mantiqqa toʻgʻri kelmasligini batafsil tushuntirgan edi. Rossiya rahbarining taʼkidlashicha, Gʻarb siyosatchilari eʼtiborni ichki muammolardan chalgʻitish uchun oʻz aholisini xayoliy Rossiya tahdidi bilan muntazam ravishda qoʻrqitishadi, biroq «aqlli odamlar bu soxta ekanligini juda yaxshi tushunishadi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring