NATO Kaliningrad anklavi atrofiga serqatnov boʻlib qoldi. Rossiya tomoni bundan norozi

10:31 15 Avgust 2024 Dunyo
153 0

NATO Rossiyaning shimoli-gʻarbiy chegaralari boʻylab, xususan, strategik Kaliningrad anklavi atrofida kuzatuvni kuchaytirdi. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.

Amerika va Britaniya razvedka samolyotlari Polsha va Litva havo hududidan foydalanib, Rossiya chegaralari boʻylab bir nechta josuslik parvozlarini amalga oshirgan. Buni esa “Flightradar24” saytida bemalol koʻrish mumkin.

Bu kuchaytirilgan monitoring NATOning Finlyandiya va Shvetsiya ittifoqqa qoʻshilishi ortidan Boltiq dengizi mintaqasida kengaygan tekshiruvlarining bir qismi sifatida talqin qilinmoqda.

“NATO koʻli” deb ataladigan Boltiq dengizi Rossiyaning Boltiq floti joylashgan Kaliningrad va Sankt-Peterburg orqali Atlantika okeaniga chiqish yoʻli boʻlganligi boisdan ham Moskva uchun ahamiyatli hududlar hisoblanadi. “Bu ikki tomon oʻrtasidagi keskinlik kuchayib borayotganini koʻrsatadi”, deb yozgan xalqaro nashrlar.

Ushbu harakatlar NATO shartnomasining 5-moddasiga muvofiq keng koʻlamli harbiy mojaroga olib kelmasdan, NATO mamlakatlarini beqarorlashtirishga qaratilgani pisanda qilinayotgan boʻlsada, bu Rossiyaning keng koʻlamli harbiy harakatlari fonida qoralanmoqda.

Ushbu missiyalarda ishtirok etgan Britaniya va Amerika razvedka samolyotlari NATOning muhim mintaqalarda, jumladan Boltiq dengizi va Qora dengizda razvedka maʼlumotlarini toʻplash boʻyicha katta saʼy-harakatlarining bir qismidir. Shunga qaramasdan, bunday “serqatnovlik” potensial toʻqnashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Avvalroq, Rossiya Kursk uchun qasos olish yoki olmasligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер