NATO davlatlari Rossiya suv osti kemalarini ovlash boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazdi

20:29 07 May 2023 Dunyo
964 0

Foto: Reuters

NATOga aʼzo davlatlar suv osti kemalarini kuzatishni kuchaytirib, Rossiya va boshqa mamlakatlarning suv osti kemalarini ov qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan "Dynamic Monguose" mashqlarini oʻtkazdilar. Bu haqda "Bloomberg" yozmoqda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, mashgʻulotlar 24-aprelda boshlangan va 5-mayda yakunlandi. Ularda NATOning 12 ta davlati, jumladan AQSH, Kanada, Ispaniya va Portugaliya ishtirok etdi. Mazkur mamlakatlar oʻzlarining dengiz patrul samolyotlari, kemalarini birlashtirib, soxta dushman suv osti kemasini izladi.

Mashgʻulotlar alyans uchun strategik hudud hisoblangan Grenlandiya — Islandiya — Buyuk Britaniya yoʻlagi deb ataladigan hududda boʻlib oʻtdi. Ushbu yoʻlak Rossiya kemalari Atlantika okeaniga kirish uchun oʻtadi. NATO ular tijoriy yuk tashishni toʻxtatishi, AQSH harbiy taʼminot liniyalarini uzib qoʻyishi yoki suv osti transatlantik maʼlumot kabellarini sabotaj qilishi mumkin, deb hisoblaydi.

"Biz ittifoqqa suv osti kemalari aniqlanmaslik uchun foydalanishga harakat qiladigan hududda qanday harakat qilishni oʻrgatishimiz muhim", deydi NATO suv osti kemalari qoʻmondoni, AQSH harbiy-dengiz kuchlari kontr-admirali Stiven Mak.

Shu yilning 30-aprel kuni NATO qiruvchilari Shimoliy Atlantika uzra Rossiya dengiz patrul samolyotini kuzatib borish uchun havoga koʻtarilgan edi. NATO Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligida taʼkidlanganidek, bu yerda gap BEAR-F kodli "Tu-142" haqida ketyapti. NATOning aniqlik kiritishicha, uni kuzatish uchun Buyuk Britaniya va Norvegiyaning tezkor qiruvchi samolyotlari havoga koʻtarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?