NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi
Arxiv foto
NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib xabar bermoqda.
“Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaffaqiyatga erishmoqda”, — deyiladi materialda.
NATO tashqi ishlar vazirlari chorshanba va payshanba kunlari Antaliyada boʻlib oʻtadigan yigʻilishda tashabbusni muhokama qiladi. Yuqori martabali yevropalik diplomatga koʻra, muhokama qilinayotgan vaqt oraligʻida xarajatlarning bunday keskin oʻsishi katta muammo boʻladi. Ammo koʻpchilik Kremlga kuchli signal berish uchun bu harakatni zarur, deb hisoblamoqda.
Taʼkidlanishicha, NATOga aʼzo 32 davlatdan hech biri, jumladan, AQSH ham bu chegaraga erishmagani hisobga olinsa, Tramp talab qilgan miqyosdagi mudofaa xarajatlari boʻyicha kelishuv Gʻarb ittifoqchilarining Sovuq urush tugaganidan beri xarajatlaridagi eng katta oʻsish boʻladi.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans davlatlarining harbiy xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish yoʻlini topganini bildirgandi. Uning rejasi mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan 3,5 foiziga, boshqa xavfsizlik xarajatlarini esa yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizigacha oshirishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring