“Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilariga nimalar dedi?

Foto: “Xalq soʻzi”
Yaqinda Qashqadaryo viloyati bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi yosh futbolchilari “Nasaf” futbol klubi muzeyiga sayohatga borishdi. Boʻlajak futbolchilar mamlakat super ligasida muvaffaqiyatli toʻp tepayotgan “Nasaf” futbolchilari qoʻlga kiritgan sovrinlarni maroq bilan tomosha qilishdi, klub bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev ularga mashhur futbolchi boʻlish uchun zarur boʻlgan tavsiyalarni berdi.
—Yaxshi futbolchi boʻlish uchun eng avvalo ona yurtni sevish kerak, yurtga muhabbati yuksak inson har jabhada muvaffaqiyatga erishadi, dedi— R. Berdiyev yoshlarga qarata. — Gʻalaba bu mehnat, tirishqoqlik, intilish va gʻurur. Buni hech qachon yoddan chiqarmang.
Boʻlajak futbolchilar “Nasaf” futbol klubi oʻquv mashgʻulotlar bazasiga borishdi va futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻz koʻzlari bilan koʻrishdi. Tadbir soʻngida futbol klubi mutasaddilari yoshlarga esdalik sovgʻalari hadya qilishdi.
—Yosh futbolchilarimiz viloyatlardagi tengqurlari bilan oʻtkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etishmoqda, deydi — Qashqadaryo viloyati bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Shavkat Roʻziyev. — Bunda yoshlarimizning nafaqat jismoniy sogʻlom, balki aqliy va maʼnaviy yuksalishiga ham eʼtibor qaratilmoqda. Eng quvonarlisi futbol akademiyamizda tarbiyalangan yoshlardan bir nechtasi “Nasaf”, “Qizilqum” va boshqa klublarda toʻp tepishmoqda.
Jahongir BOYMURODOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring