NASA astronavti galaktikaning noyob suratini olishga muvaffaq boʻldi

NASA astronavti Don Pettit xalqaro kosmik stansiyadan olingan gʻayrioddiy tasvirni eʼlon qildi. Odatda, orbital ekspeditsiya aʼzolari Yer yuzasini suratga olardi. Biroq Pettit astrofotografiyaga qiziqishi tufayli, oddiy sharoitlarda amalga oshirib boʻlmaydigan ishni bajaruvchi qurilma ixtiro qildi. Bu unga toʻgʻridan toʻgʻri stansiyadan turib yulduzlarning noyob suratini olish imkonini berdi. Bu haqida “Space” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, xalqaro kosmik stansiya Yer atrofini toʻliq bir marta aylanib chiqishi uchun 90 daqiqa kerak boʻladi. U soatiga taxminan 27 ming kilometrdan ortiq tezlikda uchadi. Bunday tezlikda qoʻshimcha jihozlarsiz yulduzlarni suratga olish imkonsiz. Sababi, tasvirlar xuddi yorugʻlik chizigʻi kabi koʻrinib qoladi.
Bu holatni bartaraf etish uchun Pettit osmondagi muayyan nuqtaga yoʻnaltirilgan va stansiya harakatlanayotganda kamerani belgilangan nuqtaga qaratib turadigan yulduz kuzatish qurilmasini ixtiro qilgan. Qurilma tasvirning aniq va sifatli chiqish imkonini beradi.
Astronavt olgan tasvirda minglab yulduzlar va uzoq galaktikalarni koʻrish imkoni bor. Ushbu qurilma Yerdan turib uzoq koinotni suratga olish uchun ham qoʻllanadi. Bunday holatlarda ular sayyoraning aylanishidan kelib chiqadigan turli noaniqliklarga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etadi. Natijada juda aniq va sifatli tasvirlarni olish imkoniyati paydo boʻladi.
Bu ixtiro Pettitning birinchi qoyilmaqom ishi emas. U 2008-yilda vaznsizlik holatida qahva ichish uchun piyola ham ixtiro qilgan. Astronavt xalqaro kosmik stansiyada choy yoki qahvani naycha bilan ichish joniga tekkanidan keyin bu gʻoyani oʻylab topgan. Mikrogravitatsiya sharoitida odatiy piyolani ishlatib boʻlmaydi. Pettit ixtiro qilgan finjondan Yerda turgandek foydalanish uchun sirt tarangligi effekti qoʻllangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring