Naqd pullarni bank kassasiga kirib qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganlar qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.n.” MCHJning bank ishlarini yurituvchisi F.E. ish haqi va unga tenglashtirilgan mablagʻlardan tashqari, elektron dasturga oʻziga qoʻshimcha ish haqi sifatida maʼlumotlar kiritib, MCHJning jami 225,5 mln soʻmini plastik kartasiga oʻtkazib olib, tadbirkorning mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman pochta aloqa bogʻlamasi sobiq kassiri Sh.Sh. oʻziga ishonib topshirilgan obuna va kommunal toʻlovlaridan tushgan 93,1 mln soʻm naqd pullarni bank kassasiga kirib qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring