Napoleon Bonapart I ning qilichi sotuvga qoʻyiladi
Parijdagi “Giquelo” auksion uyi Fransiya imperatori boʻlgan Napoleon Bonapart I ning qilichini kimoshdi savdosiga qoʻyishi haqida oʻz saytida eʼlon qildi.
Ushbu tarixiy qurol 1802-yilda Napoleonning shaxsiy buyurtmasiga asosan Versal fabrikasida ishlab chiqarilgan. 200 yildan koʻproq vaqt davomida qilich Emmanuel Grouchigning avlodlarida saqlanib keldi va yaqinda eski holatidagidek qayta tiklandi.
Qilichning dastasi zarhal kumushdan ishlangan boʻlib, unda Nemean sherining boshi, dafna barglari, Gerkules va Rim urush xudosi Marsning suratini koʻrish mumkin. Qurol yasalgan paytlarda Napoleon hali Fransiya Respublikasining birinchi konsuli lavozimini egallab turgan boʻlgan.
Savdo 22-may kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda va yodgorlikni 700 mingdan bir mln yevrogacha baholanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring