Namanganda yana bir xalqaro festival oʻtkaziladi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Gullar shahri navbatdagi yirik tadbirga mezbonlik qiladigan boʻldi. Yangi yoʻnalishdagi anjuman – I Xalqaro Namangan avtofestivali joriy yilning 22-fevralida tashkil etiladi. Viloyat hokimligining ushbu tashabbusi orqali yosh texnik va avto havaskorlarni qoʻllab-quvvatlash, avtomobil tyuningi sanoatini rivojlantirish, ixlosmandlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda avtoturizm sohasiga yangidan-yangi loyihalarni olib kirish maqsad qilingan.
Tashkilotchilar festivalni betakror mazmun va mundarijaga boy holda oʻtkazish dasturini ishlab chiqishdi. Unga koʻra, anjuman avvalida retro avtomobillar koʻrgazmasi uyushtirilib, tarixiy mashinalar jozibasi namoyish qilinadi. “Tyuning” avtomobillari musobaqasida esa ishtirokchilar eng kreativ va shiddatli avtomobillar bilan yaqindan tanishadi. Avto hunarmandlar musobaqasi eng mohir ustalarning chinakam bellashuviga aylanadi.
Anjuman doirasida shahar boʻylab avtoparad, avtoauksion va ehtiyot qismlar yarmarkasi, karting musobaqalari hamda qimmatbaho sport avtomobillari namoyishi ham koʻzda tutilgan.
Xalqaro festivalning asosiy tadbirlarini Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida oʻtkazish rejalashtirilgan. Shu kunlari tashkil etiladigan alohida konsert dasturlari va shou tomoshalar ham ishtirokchilarga maroqli lahzalarni taqdim etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring