Namanganda qoʻgʻirchoq teatrining binosi foydalanishga topshirildi
Viloyatda bolajonlarning uzoq yillik orzusi boʻlgan qoʻgʻirchoq teatrining tashkil etish harakatiga kirishilganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy ishlar jarayonida teatr uchun moʻljallangan bino ham qurib bitkazildi. Viloyat markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻining yonginasida qad rostlagan ikki qavatli muhtasham inshootning tashqi koʻrinishiga kishining havasi keladi.
— Binodan 240 oʻrinli tomoshalar zali, bolalar filmlari namoyishiga moʻljallangan 70 oʻrinli kichik kino zali, ishlab chiqarish sexi uchun maxsus xonalar oʻrin olgan, — deydi teatr direktori Ozoda Usmonova. — Turdosh jamoalardan farqli oʻlaroq bu yerda jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun maxsus yoʻlak qurilib, alohida lift ham oʻrnatilgan.
Kuni kecha yangi madaniyat muassasasining tantanali ochilish marosimi boʻldi. Unda soʻz olganlar keyingi yillarda madaniyat va sanʼat sohasiga koʻrsatilayotgan eʼtibor xususida alohida toʻxtaldilar. Ramziy lenta qirqilib, yigʻilganlar yangi binodagi sharoitlar bilan tanishganlaridan soʻng teatr pardasi Iqbol Mirzo qalamiga mansub “Alisher Navoiy va Husaynning yoshligi” spektakli namoyishi bilan ochildi.
Maʼlumot uchun, zamonaviy qoʻgʻirchoq teatri binosi qurilishi va jihozlash ishlariga davlat byudjetidan 18 mlrd. 800 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring