Namanganda “yerfurush” firibgarlar qoʻlga olindi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining qaysi moddasi qoʻllaniladi?

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Namangan viloyatida yer maydonlarini sotmoqchi boʻlgan shaxslarni fosh etdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.M.ning qilmishlari oydinlashadi.
Qayd etilishicha, u turmush oʻrtogʻi Yu.N.ning nomiga auksion orqali xarid qilgan “Obod namuna diyori” massivida joylashgan 1 gektar yer maydonini fuqaro Sh.X.ga firibgarlik yoʻli bilan 10 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, uning nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 6 ming 900 AQSH dollari va 15 million soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir holat Departamentning Uchqoʻrgʻon tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda maʼlum boʻlgan. Qayd etilishicha, “Q.S.” MCHJning Uchqoʻrgʻon filiali rahbari M.A. MCHJga qarashli 8 sotix yer maydonini fuqaro G.B.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlatib sotishini vaʼda qilib, evaziga 5 ming 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida qoʻlga olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring