Namanganda alimentchi ota qimmatga tushdi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi surishtiruv va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi tomonidan farzandlari moddiy taʼminotidan boʻyin tovlab kelgan qarzdorga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda MIB matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatov “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Chust tumanida yashovchi fuqaro I.S. 2011-yildagi sud buyrugʻiga koʻra 3 nafar voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment toʻlashi belgilangan. Byuroning Chust tuman boʻlimi ish yurituvidagi mazkur hujjat yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan harakatlar olib borilgan. Biroq, ota majburiyatini unutib, qarzdorlikni toʻlamagan.
Aniqlanishicha, fuqaro I.S.ga nisbatgan aliment toʻlovini toʻlashdan boʻyin tovlagani uchun avval ham maʼmuriy jazo qoʻllanilgan. Uning alimentdan qarzdorligi esa, jami 56,1 mln soʻmni tashkil qiladi.
“I.S. MIB davlat ijrochilari uning uyiga borib bezovta qilganligi sababli, boshqa hududga borib, togʻ bagʻrida qoʻy boqishni afzal koʻrgan va oʻzining tanishlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali qaysi togʻlarda qoʻy boqayotganini maqtanishga ulgurgan edi.
Lekin, MIB xodimlari ham anoyilardan emas, tezkor-qidiruv ishlari davomida, fuqaro I.S. tanishlaridan “yangi manzil” haqida maʼlumotlar olishdi”, deydi MIB matbuot kotibi.
Shundan soʻng, qarzdor ota Toshkent viloyatining Angren shahri togʻlarida choʻponlik qilib yurgan vaqtida ushlangan.
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro I.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
JKning mazkur moddasida ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring